
Joshua: Povetkin jangdan so‘ng o‘zini 69 yosh deb his qiladi
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan bo‘ladigan jangda g‘alaba qozonishiga ortiq shubha qilmayotir.
– Men raqibni raundma-raund ta’qib qilib urmoqchiman. Jangdan so‘ng u o‘zini 39 yosh emas, 69 yosh deb his qiladi. O‘ylaymanki, men to‘qnashuvni 6-8 raundda yakunlayman, – deydi Joshua.
Ikki og‘ir vaznli bokschi ishtirokidagi jang 22 sentyabr kuni Londondagi muhtasham “Uembli” stadionida o‘tkaziladi. Unda bokschilar WBA Super, WBO va IBF chempionlik kamarlari uchun jang qiladi.
Fikrlar