
Jo Xart baribir "Manchester Siti"dan ketmoqchi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi darvozaboni Jo Xart imkon qadar tezroq bu jamoadan ketmoqchiligi haqida aytib o‘tdi.
“Men doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishim uchun qaysidir jamoa bilan shartnoma imzolashim shart. Menimcha bu aniq. So‘nggi ikki mavsumda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qildim. Men mundialga bormoqchi edim, lekin yakunda qaerga borganimni ko‘rib turibsiz.
Men tajribali futbolchiman va eng yuqori darajada o‘ynay olaman. Men qaysi jamoada bo‘lsam ham ular uchun kerakli futbolchi bo‘lishim shart. Bu esa faqatgina o‘sha klub bilan doimiy shartnoma imzolaganiman so‘nggina amalga oshishi mumkin. Albatta, agar men har ikkala klubni ham qoniqtira oladigan taklif topa olmasam, u holda “Manchester Siti”da qolaman”, - deydi Xart.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola “Siti” boshqaruviga kelgach Xart uchun asosiy tarkib eshiklari butunlay yopildi va u so‘nggi ikki mavsumni “Torino” va “Vest Xem” klublarida ijara asosida o‘tkazdi.
Fikrlar