
Jo Xart "Manchester Siti"dan tezroq ketmoqchi
"Manchester Siti" darvozaboni Jo Xart joriy yozgi transferlardan unumli foydalanib o‘z jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Sportsmail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli angliyalik posbon o‘zining bu boradagi xohishini “shaharliklar” rahbariyatiga bildirgan. Ta’kidlash kerakki, Xartning “Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tish lozimki, Xosep Gvardiola “Manchester Siti” boshqaruviga kelgach, Xart o‘zining asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan edi. U so‘nggi ikki mavsumni "Torino", va "Vest Xem" klublarida ijara asosida o‘tkazdi.
Fikrlar