
"Jirona" - "Barselona" o‘yini AQShda o‘tadi
As xabariga ko‘ra, 21-turdan o‘rin olgan "Jirona" - "Barselona" o‘yini 2019 yilning 27 yanvarida AQShda o‘tishi rejalashtirilmoqda. Shunday bo‘lgan taqdirda mazkur bellashuv Ispaniya kubogining ikki o‘yini bo‘lib o‘tadigan 23 va 30 yanvar oralig‘ida kechadi.
Xabarday aytilishicha, La Liga Xaver Tebas bu borada "Jirona"ning javobini kutyapti. Ilgariroq, La Liga va Relevent Sports o‘zaro 15 yilga shartnoma imzolagan va unga ko‘ra, La Liganing bir qator top-o‘yinlari okean ortida o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar