
Jerar Pike tennis bo‘yicha "Devis kubogi"ga 3 milliard AQSh dollarini sarmoya qilmoqchi
"Barselona" jamoasining himoyachisi, "Kosmos" sarmoyaviy guruhining rahbari ispaniyalik Jerar Pike tennis bo‘yicha "Devis kubogi"ga 3 milliard AQSh dollarini sarmoya qilishni va final bahsini noyabr oyidan sentyabr oyiga ko‘chirish niyatida ekanini aytib o‘tdi.
"Men ko‘plab tennischilar bilan gaplashib ko‘rdim. Ular finalni sentyabr oyida o‘tishini istashmoqda. Biz ularning taklifini inobatga olmoqchimiz. Nadal, Chilich, Zverev, Jokovich va bir qator mahoratli tennischilar bilan suhbatlashdim. Ular ham sentyabr oyida o‘ynashni istashmoqda. Biz ularga eng ma’qul sanani tanlaymiz va finalni noyabr oyidan sentyabrga ko‘chiramiz.
Ayni damda "Kosmos" va "ATR" o‘zaro muzokaralar o‘tkazmoqda. Biz nafaqat final kunini balki, ushbu musobaqada ishtirok etadigan tennischilarga reyting ochkolari berish bo‘yicha ham kelishib olmoqchimiz", – deydi Pike.
Fikrlar