
Jeko "Real" taklifiga rad javobini bergan
“Roma” hujumchisi Edin Jeko “Real” taklifini rad qila olgan. Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar yil boshida bosniyalik futbolchi bilan muzokaralar olib borgan.
Manbada yozilishicha, “Real” rad javobini olgan va Jeko “Roma”da qolishni ma’qul ko‘rgan. Shuningdek, qishda “Chelsi” ham Jeko bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rgan.
Jeko “Roma”ga 2015 yili “Manchester Siti”dan kelgan va shu vaqtga qadar 74 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U rimliklar bilan kelishuvni uzaytirishga yaqin turibdi.
Fikrlar