Jeko: "Liverpul" bilan ham huddi "Barselona"dagi kabi stsenariy takrorlanishiga ishonaman

  • 29 aprel, 2018, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning “Roma” klubi forvardi Edin Jeko “Liverpul”ga qarshi UEFA Chempionlar ligasi yarim final javob bahsidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Barselona” bilan o‘yindagi hisob qayd etilishi mumkinligiga shaxsan men ishonaman. Buning uchun biz o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq bor kuchimizni ishga solib harakat qilishimiz kerak.

Men avvalgi o‘yin haqida o‘ylashni istamayman. Yaxshisi, olg‘a intilish kerak. Biz o‘z uyimizda boshqacha o‘ynaymiz.

Muxlislar bizni xuddi “Barselona”ga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi qo‘llab-quvvatlab turishsa, biz ham kerakli natijani qayd etishga harakat qilamiz”, - deydi bosniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalarning “Enfild”da kechgan dastlabki o‘yinida “Liverpul” 5:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!