
Jek Uilsher uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi
Londonning "Vest Xem" klubi yarim himoyachisi Jek Uilsher bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohatini davolatishi uchun bir necha oy kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Uilsher 1 dekabrdan buyon maydonga tushmay kelayotgan edi. U joriy mavsum “bolg‘achilar” safida bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar