
Jamila Rahmatova shogirdlari Qozog‘istonda teng siz bo‘ldi
Qozog‘istonning Olma-ota shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha "Grace cup - 2018" turnirida taniqli gimnastikachimiz Jamila Rahmatovaning shogirdlari munosib ishtirok etdi.
Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan 400 nafarga yaqin gimnastikachilar g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.
2010 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Zebiniso Yoqubova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi. Etti yoshli gimnastikachilar o‘rtasida vakillarimizdan Alisa Petrova, Shahrizoda Rajabova hamda Shahruza Mamatxonova birinchi, Elizaveta Koneva esa uchinchi o‘rindan joy oldi.
Besh yoshgacha bo‘lgan yo‘nalishda Darya Krikova oltin medal sohibi bo‘ldi. Olti yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Mubina Abbosova birinchi, Sora Nurmatova, Kamilya Rustamova esa ikkinchi bo‘ldi.
Shu tariqa gimnastikachilarimiz 6 oltin, 2 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritishdi
Fikrlar