
Jahon chempionini mot qilgan Shamsiddin taqdirlandi (foto)
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-31 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida mukofot jamg‘armasi 1 million AQSh dollari bo‘lgan Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tgan nufuzli turnirda 40 dan ortiq davlatdan eng yuqori malakali Xalqaro grossmeysterlar va sport ustalari ishtirok etdi.
Mazkur turnirda hamyurtlarimiz Xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, Xalqaro toifadagi sport ustalari Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yoqubboev, shuningdek ayollar o‘rtasidagi bahslarda Xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova qatnashdi.
Chempionatning rapid yo‘nalishida kutilmagan sensatsiya yuz berdi. Musobaqaning 2-turida Shamsiddin Vohidov amaldagi Jahon chempioni norvegiyalik Xalqaro grossmeyster Karlsen Magnusni mot qilib qo‘ydi.
Fikrlar