Jahon chempioni uchun kurashga Manchester grandlari ham qo‘shilishdi

  • 9 yanvar, 2019, 17:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari "Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandes uchun kurash boshlashdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Manchester grandlari 22 yoshli frantsiyalik futbolchini 80 mln evro tovon pulini to‘lab sotib olishmoqchi.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Ernandes uchun “Bavariya” ham jiddiy kurash boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayrim manbaalarga ko‘ra esa Lukas “matraschilar” bilan yangi shartnoma imzolashga rozilik bildirgan. Agar ushbu kelishuv imzolansa, uning tovon puli ham oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Ernandes joriy mavsum “Atletiko” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!