JCh-2018 dan so‘ng faoliyatni yakunlagan yulduz futbolchilar

  • 9 sentabr, 2018, 10:10
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

inesta thanks

Andres Inesta, Ispaniya terma jamoasida 12 yil(2006-2018). U o‘zining debyut o‘yinini Rossiyaga qarshi o‘tkazgan edi. Tasodifni qarangki, so‘nggi o‘yini ham ruslarga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keldi.


pique spain

Jerar Pike, Ispaniya terma jamoasi safida 9 yil (2009-2018). Ikki karra Evropa va bir marta JChni qo‘lga kiritgan Pikega endi hech kim hushtakvozlik qilmaydi


silva spain

David Silva, Ispaniya terma jamoasi safida 12 yil (2006-2018). Angliya Premer-ligasining eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sanaladigan Silva "qizil furiya"dagi butun faoliyatini Inesta va Xavining soyasida o‘tkazishga majbur bo‘ldi va...


kahill

Tim Keyxill, Avstraliya terma jamoasi safidagi 14 yil (2004-2018). "Sokkeruz" tarixidagi eng yaxshi to‘purar (50 ta gol) ham termadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.


majukic cro

Mario Manjukich, Xorvatiya terma jamoasi safida 11 yil (2007-2018). JCh finalidan so‘ng u shunday dedi: "Hech kim ideal emas. Men ko‘plab vaziyatlarni boy berdim, to‘pni yo‘qotdim, ammo men doimo terma uchun borimni qildim".


vardy england

Jeymi Vardi, Angliya terma jamoasi safida 3 yil (2015-2018). "Lester" hujumchisi vaqtini ko‘proq oila davrasida o‘tkazmoqchi va yoshlarga ham imkon berishni istaganini bayon qildi.


mascherano arg

Xaver Maskerano, Argentina terma jamoasi safida 15 yil (2003-2018). "Xebey Chayna Forchun" klubi himoyachisi "albiseleste"ni tark etishi borasida Frantsiyaga qarshi o‘yindan keyinoq ma’lum qilgan edi.


o`zil ger

Mesut O‘zil, Germaniya terma jamoasi safida 9 yil (2009-2018). Sabab mutlaqo siyosiy va bu haqda juda ham ko‘p va xo‘p gapirildi. Shu bois, yana takrorlashga hojat yo‘q nazarimizda.


markes mex

Rafael Markes, Meksika terma jamoasi safida 21 yil (1997-2018). 5 ta mundialda ishtirok etib, rekord o‘rnatgan Markes ham terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.


azmun iran

Sardor Azmun, Eron terma jamoasi safida 5 yil (2013-2018). 23 yoshli futbolchi Eron terma jamoasini tark etishining asosiy sababi safida onasining betobligini aytgan edi.


nainggolan-martinez

Raja Naionggolan, Belgiya terma jamoasi safida 9 yil (2009-2018). Unga bosh murabbiy Roberto Martines bilan pachakilashaverish jonga tekkan bo‘lsa kerak, tinchgina termadan ketdi-qo‘ydi.


xonda jap

Keysuke Xonda, Yaponiya terma jamoasi safida 10 yil (2008-2018). Xonda hozirda Avstraliyaning "Melburn Viktori" jamoasi safida o‘ynamoqda va shu bilan bir qatorda Kambodja terma jamoasiga murabbiylik qilishga ham ulgurmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!