JCh-2018: Braziliya Meksikani ishonchli tarzda mag‘lub qilib, chorak finalga yo‘l oldi

  • 2 iyul, 2018, 20:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya yashil maydonlarida davom etayotgan JCh-2018 turnirining navbatdagi 1/8 final uchrashuvi yakuniga etdi.

Tecno

Mazkur uchrashuvda sayyoramizning besh karra jahon chempioni Braziliya terma jamoasi Meksika bilan kuch sinashdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limi nursiz durang bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Neymar jamoasini (51-daqiqada) oldinga olib chiqdi. 89-daqiqada esa Filippe Koutino o‘rniga maydonga tushgan Roberto Firmino o‘z nomini tabloga yozdirib, o‘yinga so‘nggi nuqtani o‘rnatdi.

Shunday qilib, meksikaliklar o‘zlari uchun an’anaga aylanib ulgurgan – chorak finalga chiqa olmaslikni takrorlashdi. Bu terma jamoa 1994 yildan beri ushbu bosqichda ketma-ket mag‘lubiyatga uchramoqda.

Braziliya – Meksika – 2 : 0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 51 Neymar, 2:0 – 88 Firmino.

Braziliya: Alisson, Tiago Silva, Filipe Luis, Fagner, Miranda, Paulino (Fernandino, 80), Kazemiro, Koutino (Firmino, 86), Villian, Neymar, Gabriel Jezus.

Meksika: Ochoa, Ayyala, Markes (Layyun, 46), Alvares (Dos Santos, 55), Salsedo, Guardado, Galyardo, Vela, Errera, Losano, Ernandes (Ximenes, 60).

Ogohlantirishlar: Alvares (38), Filipe Luis (43), Errera (55), Kazemiro (59), Salsedo (77).

Bizdan uzoqlashmang. Zero Toshkent vaqti bilan 23:00da yana bir nimchorak final uchrashuvida Belgiya termasi Yaponiya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!