Isroil Madrimov professional ringdagi ilk jangidayoq kamarga ega chiqdi

  • 25 noyabr, 2018, 08:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni damda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Isroil Madrimov professional ringdagi debyut jangini o‘tkazdi. Hamyurtimizga ilk jangda meksikalik Vladimir Ernandes raqiblik qildi.

Tecno

10 raundga mo‘ljallangan jang oltinchi raundda yakuniga etdi. Madrimov o‘zining ketma-ket zarbalari evaziga raqibini nokautga uchratdi va professional boksdagi faoliyatini g‘alaba bilan boshladi. Bokschimiz ushbu g‘alaba orqali debyut jangidayoq WBA Intercontinental kamariga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, meksikalik Viktor Ernandesning prof boksda o‘tkazgan janglari 13 taga etdi. U janglarining 10 tasida g‘alaba qozongan. Oltita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Madrimovga qarshi jangda u uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!