Isroil Madrimov: Menga ham professional boksga o‘tish borasida takliflar bo‘lmoqda

  • 14 noyabr, 2017, 13:07
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning Sankt –Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Gubernator kubogida 75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Isroil Madrimov musobaqaning oltin medali bilan taqdirlangan edi.

Tecno

Bundan tashqari bokschimiz o‘zining yorqin janglari bilan muxlisu-mutaxassislar olqishiga ham sazovor bo‘ldi hamda turnirning eng yaxshi bokschisi deb topilib, Gubernator kubogini ham qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil bundan oldin Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada ham eng yaxshi bokschi deb e’tirof etilgan edi.

Kecha O‘zbekiston boks federatsiyasida mazkur musobaqa bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida turnir hamda oldindagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

– Rossiyada o‘tgan musobaqada eng yaxshi bokschi bo‘laman deb o‘ylaganmidingiz?

– Musobaqa biz uchun juda yaxshi o‘tdi. U erda bir qancha tajribali bokschilar ham bor edi. Turnirda ishtirok etganimiz uning saviyasini yanada oshirdi deb o‘ylayman. Sababi so‘nggi yillarda o‘zbek boksi jadallik bilan rivojlanib, jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurdi. Endi har bir davlat biz bilan janglarga bunga alohida e’tibor qaratadi. Turnirda garchi uch nafar bo‘lib ishtirok etgan bo‘lsakda, raqib muxlislari va hattoki, murabbiylar ham bizni alohida kuzatib, ehtirom ko‘rsatishdi.

– So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilik sportchilarimiz professional boksga o‘tib ketishmoqda. Sizning natijalaringiz ham juda yaxshi. Sizga ham bu borada taklif tushyaptimi?

– Deyarli har bir musobaqada promouterlar va menejerlar yuradi. Ular eng yaxshi bokschilarni aniqlab, shartnoma taklif qilishga harakat qiladi. Sir emas, menga ham shunday takliflar bo‘lmoqda. Lekin men hozircha unga o‘tmoqchi emasman. Mening eng katta orzularimdan biri Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqishdir. Shunday ekan, men buning uchun astoydil harakat qilaman.

– O‘tgan yildagi natijalaringizdan qoniqdingizmi?

– Albatta, bu yil men uchun juda muvaffaqiyatli o‘tdi. Qator xalqaro musobaqalarda g‘alaba qozondim. Birgina Germaniyada o‘tgan jahon chempionatini hisobga olmaganda men uchun a’lo darajada o‘tmoqda. Endi yilning so‘nggi musobaqasi Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Umid qilamanki, bu turnirda ham shohsupaning eng yuqori o‘rinlaridan joy olib, muxlislarimizni xursand qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!