Isroil Madrimov 24 noyabr kuni professional boksda debyut qiladi

  • 10 noyabr, 2018, 13:48
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Osiyo chempionati va Osiyo o‘yinlari g‘olibi Isroil Madrimov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bokschimiz Rossiyaning “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan.

Tecno

Qadrli do‘stlar, men professional boksga o‘tib, muhim qadam tashlaganimni ma’lum qilishdan xursandman. Menga juda ko‘plab takliflar kelib tushdi, ammo men professional boksda “Mir Boksa” kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga qaror qildim. Bunday imkoniyatdan juda minnatdor va xursandman, – deydi Madrimov.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov Indoneziyada bo‘lib o‘tgan XVIII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining bayroqdori va musobaqa g‘olibi bo‘lgan edi.

Madrimov professional boksdagi debyut jangini 24 noyabr kuni Atlantik-Sitida o‘tkazadi. Uning ilk raqibi Viktor Ernandes bo‘ladi. Bu bokschi professional ringda 12 jang o‘tkazib, 10 g‘alaba (6 nokaut) va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!