
Ispaniya terma jamoasi o‘zining yangi bosh murabbiyi borasida bir qarorga keldi
Ispaniya futbol federatsiyasi mamlakat bosh jamoasiga bosh murabbiy bo‘ladigan mutaxassis borasida yakuniy qarorga keldi.
Ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil furiya”ga so‘nggi ish joyi “Espanol” klubi bo‘lgan Kike Sanches Flores ustozlik qiladi. Aynan mana shu 53 yoshli mutaxassisning nomzodini futbol federatsiyasining aksariyat a’zolari qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi JCh-2018 startiga bir kun qolganida “Real” bilan yashirincha shartnoma imzolagan Xulen Lopetegini ishdan olib, o‘rniga Fernando Yerroni vaqtincha bosh murabbiy sifatida tayinlagan edi. Natijada esa ispaniyaliklar mundialda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi.
Fikrlar