
Ispaniya 15 yilda birinchi marotaba uyda mag‘lub bo‘ldi
Avvalroq xabar berganimizdek, UEFA Millatlar ligasi musobaqasining 3-turida Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Angliya futbolchilariga 2:3 hisobi bilan mag‘lub bo‘lishdi.
Aytib o‘tish joizki, ispaniyaliklar 15 yil deganda birinchi marotaba mezbon bo‘la turib engilishdi. "Qizil furiya" 38 bahs davomida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. (34 g‘alaba, 4 durang)
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya 2003 yilda o‘z uyida Gretsiyaga imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar