"Inter" yozda Rakitichni qo‘lga kiritmoqchi

  • 5 fevral, 2019, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “neradzurralar” 30 yoshli xorvatiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Frenki de Yong “Barselona” bilan shartnoma imzolagach Rakitich uchun jamoa asosiy tarkibiga kirish ehtimollari keskin kamayib ketganini inobatga olgan “Inter” rahbariyati bundan foydalanib qolmoqchi.

Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum kataloniyaliklar safida 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 65 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!