
"Inter" Rakitich borasida muzokaralar o‘tkazmoqda
Milanning “Inter” klubi mavsum yakunlangach “Barselona” xavbeki Ivan Rakitichni sotib olmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 30 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborishdi. Hozircha muzokaralar ijobiy davom etmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda milanliklar Rakitich uchun 35 mln evro taklif qilishmoqda. Biroq, “Barsa” 45 mln evro so‘ramoqda. Futbolchining o‘ziga esa kamida 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rakitichning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Uning yillik maoshi esa 5,5 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar