
"Inter" Modrichni sotib olish rejasidan butunlay voz kechdi
Milanning "Inter" klubi "Real" xavbeki Luka Modrichni qishda ham sotib olmaydi. Bu haqda “neradzurrilar” sport direktori Pero Ausilio aytib o‘tdi.
“Joriy transferlar davrida shakllantirgan jamoamizdan ko‘nglimiz to‘ldi. Balki biz tajribasizroq va u qadar nomdor bo‘lmagan futbolchilarni sotib olgandurmiz, lekin, bizda jips jamoa shakllandi.
Yanvarda Modrichni sotib olishga urunib ko‘ramiz? Yo‘q. Bizning hozirgi jamoamizdan ko‘nglimiz to‘q”, - deydi Ausilio.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Modrichni yozda sotib ololmagan “Inter” uni qishda qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar