
"Inter" Ikardini jarimaga tortadimi?
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik forvard "neradzurrilar"ning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. U bugungi mashg‘ulotlarga birinchilar qatorida etib borgan va qaydnomaga kiritilmagan boshqa futbolchilar bilan birga shug‘ullangan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, klub "Rapid"ga qarshi uchrashuvga borishdan bosh tortgani uchun Ikardini jazolamaydi. Ilgariroq milanliklar Mauroni sardorlik bog‘ichidan mahrum qilgan edi.
Fikrlar