
"Inter" Ikardiga o‘rinbosarni "Yuventus"dan topdi
Milanning "Inter" klubi jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan hujumchi Mauro Ikardiga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” ushbu argentinalik futbolchining o‘rniga “Yuventus”dan boshqa bir argentinalik hujumchi Paulo Dibalani olib kelishmoqchi. Qayd etish lozimki, uning tovon puli 110 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi ayni damda “Inter” bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti. Unga hozirda "Real", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" kabi klublardan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum A Seriyada jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar