"Inter" "Atletiko" etakchisi bilan kelishuvga erishdi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Diego Godin katta ehtimol bilan faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik futbolchi “neradzurrilar” bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi esa 6 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Godinning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. “Matraschilar” esa hali ham u bilan shartnomani uzaytirishdan umidini uzishmayapti.
“Inter” futbolchi bilan kelishuvga erishganini inobatga olsak, Godin milanliklarga erkin agent sifatida, ya’ni tekina borib qo‘shiladi. Biroq, shunda ham “neradzurrilar” futbolchining agentiga 5 mln evro to‘lashlari lozim.
Ma’lumot uchun, Godin joriy mavsum 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar