
"Inter" 16 yoshli futbolchi uchun 15 mln evro sarflamoqchi
Milanning "Inter" klubi "Jenoa" hujumchisi Eddi Salsedoga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “neradzurrilar” 16 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi va buning uchun ular 15 mln evrodan voz kechishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Salsedo yakunlangan mavsum “Jenoa”ning yoshlar jamoasida jami 38ta o‘yinda ishtirok etgan va raqiblari darvozasiga 10ta gol urishga erishgan.
Fikrlar