
Inesta: Messi - eng zo‘ri, ammo, Modrich “Oltin to‘p”ni nohaq oldi deyish ham adolatsizlik
"Barselona" klubi afsonasi Andres Inesta "Real" xavbeki Luka Modrich bu yilgi “Oltin to‘p”ni haqli ravishda qo‘lga kiritdi deb hisoblashini aytdi.
“Men hozirgacha maydonda Messidan zo‘rini ko‘rmadim. U deyarli 15 yildan buyon eng zo‘ri. Biroq, shu o‘rinda Modrich “Oltin to‘p”ni nohaq qo‘lga kiritdi deyish ham adolatsizlik. Shunchaki men uchun Messi – eng zo‘ri”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Fikrlar