Ilya Kovalchuk 9-o‘yinda ham jamoasiga naf keltirmadi
Milliy hokkey ligasining navbatdagi turida «Los-Andjeles» jamoasi hujumchisi Ilya Kovalchuk «Edmonton»ga qarshi o‘yinda ham ochko ishlay olmadi.
Shu tariqa rossiyalik hokkeychining natijasiz o‘yinlari soni 9 taga etgan bo‘lsa, foydali o‘yin namoyish etish bo‘yicha olgan bahosi «-7» bo‘ldi.
Kovalchuk mavsumda jami 23 o‘yin o‘tkazib, 14 (5+9) ochko ishlab olgan. Ushbu uchrashuvlarda foydali o‘yin namoyish etish bo‘yicha olgna bahosi «-13» bo‘lgan.



Fikrlar