Ikardi "Sampdoriya"ga qarshi o‘yinda ham ishtirok etmaydi

  • 14 fevral, 2019, 20:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi hujumchisi Mauro Ikardi A Seriyaning 24-turi doirasidan o‘rin olgan "Sampdoriya"ga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 25 yoshli argentinalik futbolchi o‘zining sobiq jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yinga qadar jarohatidan to‘liq sog‘ayib ulgurmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardi “Inter” sardorligidan mahrum etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U shuningdek UEFA Evropa ligasi doirasida Avstriyaning “Rapid” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan safar o‘yiniga ham borishni xohlamadi.

Ma’lumot uchun, "Inter" - "Sampdoriya" uchrashuvi 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!