
Ikardi "Inter" tarixiga kirdi
"Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi kecha “Milan”ga qarshi bahsda gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli Ikardi “neradzurrilar” tarixida qatorasiga 5ta Milan derbisida gol urgan ilk argentinalik futbolchiga aylandi.
E’tiborlisi, bundan natijaga o‘z vaqtida “Milan” futbolchisi ham erishgan. Aniqrog‘i, 1964-1966 yillarda “rossonerilar” safida to‘p surgan Amarildo qatorasiga 5ta Milan derbisida “neradzurrilar” darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar