
Ibragimovichning jamoasi MLSda pley-offga chiqa olmadi
"Los-Anjeles Gelaksi" MLSning navbatdagi turida "Xyuston Dinamo"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Qayd etish lozimki, “Geleksi” musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun ushbu o‘yinda faqat g‘alaba qozonishi lozim edi. Ular xattoki uchrashuvda 2:0 hisobida oldinga ham chiqib olishgan edi, ammo yakunda o‘z darvozalaridan 3ta to‘p o‘tkazib yuborib mag‘lub bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun, "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich hisobida 22ta gol mavjud va u chempionat to‘purarlar poygasida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar