
Husniddin Po‘latov "WBA Asia Super" chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
Bugun Janubiy Koreyaning Yongin shahrida professional boks nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Husniddin Po‘latov chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarildi.
“Buffalo Promotion” bilan shartnoma imzolagan Husniddin o‘zining 13 jangini indoneziyalik Sahlan Koralga (17-6-0) qarshi o‘tkazdi.
“WBA Asia Super Welterweight” kamari uchun 12 raund etib belgilangan qarama-qarshilikda Husniddin muddatidan oldin g‘alabaga erishdi. Oltinchi raundga kelib uning zarbalariga dosh bera olmagan Koral nokautga uchradi. Shunday qilib, yana bir professional bokschimiz chempionlik kamariga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bu jangga qadar u 12 ta jang o‘tkazib, shulardan 9 tasini g‘alaba (5 nokaut) bilan yakunlagan bo‘lsa, 3 marta raqiblariga imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar