Hamyurtimiz zaif eshituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro shaxmat turnirida g‘olib bo‘ldi

CHERY AUTO

Musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus va Qozog‘istondan 33 nafar sportchi ishtirok etdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Mukofot jamg‘armasi 350 000 tengeni tashkil etgan turnirda hamyurtimiz, FIDE ustasi Sirojiddin Zayniddinov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘ardi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu borada mezbon sportchi Amangeldi Naurizgaliev ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, kuchli uchlikka qirg‘izistonlik Eduard Kim yakun yasadi. 

Ma’lumot uchun, turnir shveytsarcha tizimda tashkil etildi va 9 raunddan iborat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Sirojiddin shu yil zaif eshituvchilar o‘rtasida Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan Ochiq musobaqada g‘olib bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!