Hamma so‘ramoqda, O‘zbekiston MTJning yangi murabbiyi qani?

  • 23 iyul, 2018, 13:11
  • Bekzod Isayev
  • 13
  • Futbol
CHERY AUTO

Intizorlik bilan kutilgan jahon chempionati ham yakunlandi. Nimanidir uzoq kutsangiz, o‘sha narsa shunchalik tez o‘tib ketar ekan. Mundial ham shunday, o‘tdi-ketdi.

Tecno

JCh-2018 paytida o‘zimizning milliy birinchiligimiz shunchalik zerikarli ko‘rinar ekanki, pley-off tanaffusida o‘tkazilgan Superliga uchrashuvlariga e’tibor ham qaratilmadi. Ammo baribir ko‘pchilik futbolimizdan “ko‘zini uzmadi”. Evropa chempionatiga aylanib ketgan JCh-2018 bellashuvlari o‘tayotganda ham o‘zimizning futbolga qiziqmaydigan ishqibozlar ushbu mundialdan keyingi voqelikni kutishdi. Chunki mundialdan so‘ng milliy terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi e’lon qilinishi kerak edi.

Rossiyadagi ajoyib bahslar tugaganiga ham bir necha kun bo‘ldi. Ko‘pchilik Karlush Keyrushni bosh jamoamizga ustozlik qilinishini ishonch bilan aytgandi. Eron terma jamoasi JCh-2018dagi yurishini yakunlaganiga ancha bo‘lgan bo‘lsada, hali murabbiy borasida qandaydir nido chiqmadi. Eronda ham, bizda ham.

Bir necha oy oldin O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi o‘z jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan bo‘lishi kerakligini va u bilan kelishib qo‘yilganini aytgandi. Faqat o‘sha murabbiyning terma jamoasi JCh-2018dagi ishtiroki bois mundial tugagach barchaga ma’lum qilishlarini aytib o‘tgandi. Ammo oradan vaqt o‘tib, Umid Ahmadjonov kelishib qo‘yilgan ish bo‘lsa ham yana Dubayga murabbiy bilan muzokara o‘tkazish uchun yo‘l olgani borasida milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida xabar chiqqandi. Ammo mana jahon chempionati tugadi hamki, hanuzgacha murabbiydan darak yo‘q. Qandaydir tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, darrov bayonot beradigan O‘FA jim-jit.

k1

Balki bu bo‘ron oldidan sokinlikdir. Chunki Umid Ahmadjonov milliy terma jamoa borasida shu paytga qadar bergan va’dalarining ustidan chiqqan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilar, JCh ishtirokchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Shunday ekan biz yana biroz kutishimizga to‘g‘ri kelar. O‘FA birinchi vitse prezidenti murabbiy bilan shartnomaning so‘nggi shartlari borasida muzokaralar o‘tkazayotgandir. Yaxshi niyat...

Nima bo‘lganda ham yangi bosh murabbiyning nomi shu kunlarda e’lon qilinishini va mutaxassis ishga tezroq kirishinini kutib qolardik. Chunki jahon chempionatida murabbiylar bilan ro‘y bergan vaziyatlar keyinchalik jamoani qanday qiyin ahvolga solib qo‘yishini ko‘rdik.

Imronbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Milanello
20/07/2018 12:50
Avgust keldi yanvarda Osiyo chempionati boshlanadi. Bu degani buyog'i kapets )))
Mirali Hcerali
23/07/2018 17:59
Ким келса хам жахонга чиксак булди
Milanello
23/07/2018 13:13
Футбол бўйича Ўзбекистон терма жамоасини аргентиналик Эктор Купер бошқариб боради. Бу ҳақда «Халқ сўзи Online» вазиятдан хабардор манбаларга таяниб хабар берди.

Қайд қилинишича, Ўзбекистон футбол ассоциацияси аргентиналик мутахассис билан келишувга эришган. Яқин соатлар ичида мазкур битим борасида расмий хабар берилиши кутилмоқда.

Ўзбекистон футбол ассоциацияси, бунгача португалиялик Карлуш Кейруш ва хорватиялик Златко Далич номзодлари билан ҳам музокаралар олиб борган. Бироқ улар билан келишувга эришилмаган. Эктор Купер ва ЎФАнинг ўзаро манфаатлари бир-бирига мос келгани айтилмоқда.

Маълумот учун, Эктор Купернинг сўнгги жамоаси Миср термаси эди. 2015 йилда жамоага тайинланган 62 ёшли мутахассис мисрликлар билан ЖЧ-2018даги муваффақиятсизликдан сўнг истеъфога чиқарилганди.

Бунга қадар, аргентиналик мураббий Аргентинанинг «Уракан», «Ланус», Испаниянинг «Мальорка», «Валенсия», «Реал Бетис», «Расинг», Италиянинг «Интер», «Парма», Туркиянинг «Ўрдуспор», Грециянинг «Арис», БААнинг «Ал-Васл» клубларида, Грузия (2008-2009) терма жамоасида фаолият олиб борган.



shu gap rostmi? Adminlar tekshirib beringlar...
Mirali Hcerali
23/07/2018 16:15
Хуш келибсан купер