Hamidjon Aktamov: Darvozabonning xatolari qimmatga tushdi

  • 1 avgust, 2018, 22:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Birinchi bo‘limning birinchi yarmida darvozabonimiz ikkita qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va mezbonlar bundan ustalik bilan foydalanishdi. Yirik mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Gol urish uchun vaziyatlar yaratdik. Lekin undan foydalana olmadik.

Tecno

Ketma-ket ikkinchi uchrashuvda asosiy darvozabonimiz xizmatlaridan foydalana olmayapmiz. Bu yakunda bizga qimmatga tushayapti. “Darvozabon –yarim jamoa” deb bekorga aytilmagan. Yigitlar harakat qilishdi. Futbolchilarimizga e’tirozim yo‘q.

O‘yin boshidagi ikkita goldan keyin ruhan qiyin holatga tushib qoldik. Ikkinchi bo‘limda tashabbusni o‘z qo‘limizga olishga urindik, ammo golga kelganda bu ish amalga oshmadi", - deb aytib o‘tdi Aktamov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!