
Gvardiolaning chap qanot dilemmasi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Benjamin Mendining safga qaytishini intizorlik bilan kutdi va nihoyat bu orzusi «Enfild»da amalga oshishi mumkin.
Klub odatda Mendisiz ham barchasini uddalay oladi. O‘tgan mavsumda «shaharliklar» usiz o‘ynab Premer Liga rekordini o‘rnatishdi. O‘tgan oyda esa 7 o‘yinning oltitasida g‘alaba qozondi.
Gvardiola frantsuz shogirdi yo‘qligida Fabian Delfni himoyachiga aylantirib qo‘ydi, agarda u ham safda bo‘lmasa, Zinchenko yoki Danilolar bilan o‘ynadi.
Hatto chap qanotda biror marta ham o‘ynamagan Emerik Laportni o‘ynatish varianti ham ko‘rib chiqilgandi.
Yakshanba kuni «Manchester Siti» «Enfild»ga safar uyushtiradi. Ular 1981-yildan beri faqatgina bir marta «Liverpul»dan g‘alaba bilan qaytgan. O‘tgan mavsumda Gvardiola jamoasi bilan «Liverpul»ga ikki marta yutqazib qo‘ydi.
Mend o‘tgan oyni navbatdagi jarohati sabab o‘tkazib yubordi. Markaziy o‘yin oldidan Gvardiola oldida chap qanot dilemmasi paydo bo‘lgan. Uni darhol o‘ynatish joizmikin? U jumi kuni mashg‘ulotlarga qaytgan.
O‘tgan mavsum kashfiyoti Muhammad Saloh bu mavsumda biroz qiyinchilikka uchramoqda. Gvardiola unga qarshi jangga qaysi shogirdini tanlaydi? Uning qarori undagi haqiqiy variantlarning kamligi tufayli o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Delf dastlabki nomzod edi, biroq uning jarohati buni ro‘yobga chiqarmasligi mumkin. Laport markaziy himoyada zo‘r o‘ynaydi. «Xoffenxaym»ga qarshi uchrashuvda esa ushbu pozitsiyada o‘zini erkin his qilmadi va qator xatolarga yo‘l qo‘ydi. U o‘tgan aprel oyida ham «Enfild»da chap qanotda o‘ynagandi, biroq raqibning tezligi uni yanchib tashlagandi.
Laport bo‘lmasa, Zinchenko yoki Danilo varianti ham bor. Biroq ular «Nyukasl», «Vest Bromvich», «Lester», «Chelsi» kabi klublarga qarshi o‘zlarini ijobiy tomondan ko‘rsatishgan edi.
Ukrainalik futbolchi o‘tgan mavsum mobaynida o‘z o‘yinini kuchaytirib oldi, ammo u Gvardiolaning talablariga to‘liq javob bermaydi.
Danilo esa katta o‘yinlarda o‘ynashga ulgurgan. Braziliyalik himoyachi «Arsenal», «Nyukasl»ga qarshi o‘ynab o‘zini ko‘rsata olgan.
U yangi mavsumda faqatgina «Oksford»ga qarshi o‘ynadi. Mendi o‘ynamasligini inobatga olsak Danilo yaxshi variant. Biroq u hujumlarga kam qo‘shiladi. Biroq u aslida o‘ng qanot himoyachisi hisoblanadi. Biroq bu holat uning Saloh boshchiligidagi jamoaga qarshi o‘ynashiga to‘sqinlik qilmaydi.
Gvardiola va uning shtabi Mendining vaziyatini oxirigacha kuzatishdi. Murabbiylar himoyachining mashg‘ulotlarga kirishishi va tiklanish jarayonini diqqat bilan kuzatishdi. Biroq himoyachi etarlicha harakat qilmayotganini his qildi.
Bu jamoadan o‘yinga to‘liq kontsentratsiya qilishni talab qiladigan Gvardiolani mutlaqo qoniqtirmaydi. Agarda u to‘liq safda bo‘lganida har narsaga qaramasdan Gvardiola undan foydalangan bo‘lardi.
Mendi safda bo‘lganida «Manchester Siti» turlicha o‘yin sxemalarini qo‘llab ko‘radi. Masalan, «Xaddersfild»ga qarshi u tezkor vingerlarni zaxiraga mixladi, «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvda esa u yarim himoyani birinchi marta to‘rt kishi bilan to‘ldirdi.
Mendisiz esa u muntazam ravishda 4-3-3 o‘yin tiziimni qo‘llamoqda. Bu «Liverpul»ni engishga etmasligi mumkin.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, «qizillar» «Manchester Siti»ning Premer Liganing navbatdagi chempionligi yo‘lida birinchi jiddiy sinovi bo‘ladi.
Fikrlar