Gvardiola yozda "Manchester Siti"ga kimlarni olib kelmoqchi?

  • 29 aprel, 2018, 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsumlar oralig‘ida qaysi futbolchilarni jamoasiga jalb etish borasida aniq qarorga keldi.

Tecno

Manchester Evening News tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” ustozi yangi mavsum oldidan jamoa yarim himoyasining markazi va hujumga yaqinroq chiziqlarini kuchaytirmoqchi. Markaziy chiziq uchun asosiy nomzod sifatida “Napoli” a’zosi Jorjino tilga olinayotgan bo‘lsa, hujumkor yarim himoyachi sifatida “Lester” futbolchisi Riyod Maxrez ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, “siti” o‘tgan qishki transferlar davrida ham jazoirlik futbolchini qo‘lga kiritshga urinib ko‘rishgan edi.

“Napoli” esa Jorjino uchun manchesterliklardan darvozabon Klaudio Bravo hamda yarim himoyachi Aleksandr Zinchenkolarni berishni talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!