
Gvardiola Germaniyaning muvaffaqiyatsizligida aybdormi?
Germaniya termasining sobiq vakiliga ko‘ra Pep Gvardiolaning «Bavariya»si to‘pni nazorat qilishga moslashib qolgani tufayli bu yakunda milliy terma jamoaning natijalariga jiddiy ta’sir qilgan.
Xans-Peter Brigel juda to‘g‘ri fikrni aytgan, jamoa o‘yinni yoki butun musobaqani yutib olish uchun har safar 75 % to‘pga egalik qilishi shart emas.
1980-yilda GFR tarkibida Evropa Chempionatini yutib olgan Brigel shu yozda to‘pga egalik qilmasdan Jahon chempioniga aylangan Frantsiya termasini o‘rnak sifatida tilga oldi.
Frantsiya jangovar o‘yin ko‘rsatish uchun tarkibida etarlicha iqtidorlarga ega edi. Kilian Mbappe «yashirin qurol» sifatida uzun pas evaziga o‘yin taqdirini hal qila olish qobiliyatiga ega.
Argentina va Belgiyaga qarshi o‘yinda «ko‘klar» qarshi hujumda qanday harakat qilish kerakligini ko‘rsatib berishdi.
Bunday futbol uslubi Desham va futbolchilari uchun ish berdi. Ammo tarkibida Antuan Grizmann, Pol Pogba va Nabil Fekir kabi iqtidorlar bo‘la turib bunday o‘yin namoyish qilishi terma uchun uyat deb hisoblaydiganlar, ham topildi.
Bu o‘yinni yutishdan ko‘zlangan maqsad. Brigelning dalillari o‘rinli. U xuddi shu tarzda hozirgi Germaniyani Gvardiolaning “mevasi” ekanligi tufayli jiddiy tanqid ostiga oldi.
«Juda oddiy tamoyil yodimizdan ko‘tarilgan» – deydi La Repubblica nashriga bergan intervyusida – «Futbolda, o‘yinni nazorat qilishdan ko‘ra natija muhimroq.»
«Albatta, Gvardiola kelganidan keyin «Bavariya» o‘zgardi. Bizda yutish uchun 75 % to‘pga egalik qilishimiz kerak, degan aqida paydo bo‘ldi. Biroq to‘pni nazorat qilish doim natijaga erishish uchun etarli bo‘lmaydi.»
Germaniyada ko‘pchilik 2018-yilgi natijalardan keyin o‘z-o‘zini tahlil qila boshladi. 2017-yilgi Konfederatsiyalar Kubogi va 21 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Evropa Chempionatini ko‘tarinki ruxda o‘tkazgan nemislar nega Jahon chempioni maqomini munosib himoya qila olmadi? Nemis futboli Gollandiya bilan 2-2 hisobida durang o‘ynaganidan keyin 40 yillik anti-rekordini takrorladi.
Yoaxim Lyov avval Rossiyada bo‘lib o‘tgan Mundialda guruh bosqichida qolib ketdi. Keyin birinchi bor o‘tkazilayotgan Millatlar Ligasi turnirida «B» guruhida qolib ketdi. Hech kim nemis futboli nega bunchalik yomon natija qayd etayotganini bilmaydi.
Lyov agarda tarkibida biror muammolar borligini bilsa, uni echimini topish uchun biror nima qilishi shart.
Ammo Brigelning terma jamoa natijasi uchun Gvardiolani ayblashi bema’nilik. Bu mantiq bilan aytish joizki, to‘rt yil oldin Jahon Chempioni bo‘lishda Germaniya Gvardiolaning ta’siri tufayli yutib chiqqan bo‘ladi, shunday emasmi?
U o‘shanda «Bavariya»da endigina birinchi mavsumini tugatgandi, uning futbolchilari esa Lyovning asosiy figuralari bo‘lishgandi. Gvardiola Filipp Lamni himoyadan tayanch yarim himoyasiga o‘tkazib qo‘ydi. Biroq u bungacha professional tarzda o‘ynab ko‘rmagandi. Lyov ham buni termada qo‘lladi.
Jahon chempionlari «Bavariya» iqtidorlari bilan to‘lib-toshdi. Argentinaga qarshi finalda Pepning olti futbolchisi o‘ynadi. Bular jamoa sardori – Filipp Lam, Manuel Noyer, Jerom Boateng, Bastian Shvaynshtayger, Toni Kroos va Tomas Myuller. Qo‘shimcha taymda esa g‘alaba to‘pini kiritgan Mario Gyottse qo‘shildi.
Germaniya sabrli, to‘pni nazorat qiliga asoslangan o‘yin namoyish qildi. Bu ko‘p jihatdan Gvardiolaning tamoyillari edi.
«Gvardiolaning futbol g‘oyasi «Bavariya»ga tomoshabop jamoaga aylanishiga va nemis futbolchilarining o‘sishiga katta ta’sir qildi. Shuningdek, Gvardiola bevosita 2014-yilgi Mundialga ham ta’sir o‘tkazdi» – degandi Germaniyaning sobiq darvozaboni Oliver Kan Bild nashriga bergan intervyusida.
Pep o‘sha mavsumda Mundial chempionlariga ta’sir o‘tkazganidek, 2010-yilda ham Visente Del Boskega ham ta’sir o‘tkazgandi. Aynan «Barselona» futbolchilari terma jamoada ham Gvardiola uslubida o‘yin namoyish qilib Jahon Chempioniga aylanishgandi. Gvardiola tantana qilgan vaqtda terma jamoalarning ham muvaffaqiyatga erishganlari tasodif emas.
Bunday holat Angliyada ham sodir bo‘ldi. Gare Sautgeyt ham kutilmaganda terma jamoa bilan muvaffaqiyatlarga erisha boshladi. Xuddi Ispaniya va Germaniyada bo‘lgani kabi. To‘pni tezda qaytarib ol, undan aqlli tarzda foydalan va hujumni yakunlash uchun to‘g‘ri vaqtni kut.
«Manchester Siti» vakillari – Kayl Uoker, Jon Stounz, Fabian Delf va Rahim Sterlinglardan foydalangan Sautgeyt Gvardioladan ruxlangan bo‘lsa ajabmas.
Ispaniya va Germaniya 2010 va 2014-yillarda Pepning formatidan foydalanib chempion bo‘lishgani tufayli munosib taqdirlandi. Ikkala terma jamoa ham aynan Pepning o‘yin uslubi va buni yaxshi tushunadigan futbolchilar orqali erishgani Brigelning yodida qolgani aniq.
2014-yilda bu ish berganining sababi Germaniyada o‘zini ko‘rsata olganlar ko‘p bo‘ldi. 2018-yilda ham Noyer, Boateng, Myuller va Xummelslar o‘zlarining yuqori sport formalarini ko‘rsata olishganida ehtimol bu vazifani yana bir marta uddalashgan bo‘larmidi. Gvardiolaning uslubi nemis futbolchilari va nemis madaniyati bilan uyg‘unlashib ketgani o‘z isbotini topdi. Shu tufayli Gvardiolani nemis futbolining omadsizligida aybdor emas, aksincha so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlarining bosh garovi bo‘ldi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi.
Fikrlar