Golovin “Tuluza”ga qarshi bahsda debyut qilishi mumkin

  • 11 sentabr, 2018, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin jarohatidan forig‘ bo‘lib, umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok eta boshladi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda 22 yoshli rossiyalik futbolchi 15 sentyabr kuni chempionatning “Tuluza”ga qarshi o‘yinigacha tiklanishga ulgura olsa, shu kuni monakoliklar safida o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Golovin “Monako” safida avgustda mashg‘ulotlar paytida jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, “Monako” Golovinni joriy yoz Moskvaning TsSKA klubidan 30 million evro evaziga xarid qilgan edi. Futbolchi esa monakoliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!