
Golovin "Monako"ni tanladi, ertaga u erda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Moskvaning TsSKA klubi hamda Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin "Monako"ga o‘tishga qaror qildi.
Rossiyalik jurnalist Sergey Egorovning xabar berishicha 22 yoshli futbolchi yaqin vaqtlar ichida yangi jamoasida tibbik ko‘rikdan o‘tadi va u bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda monakoliklar Golovin uchun TsSKAga 30 mln evro to‘lashadi.
Eslatib o‘tamiz, Golovinga shuningdek Londonning “Chelsi” klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar