Gol urishni “Chicharito”dan o‘rganing yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

  • 26 mart, 2017, 01:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Meksika termasi JCh-2018 saralashi doirasida o‘z maydonida Kosta-Rikani qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, bugungi kunda “Bayer”da to‘p surayotgan Xaver Ernandes ushu bahsda to‘p kirigan xolda, “atsteklar” tarixidagi eng yaxshi to‘purar Xared Borxettiga tenglashib oldi. Biz esa shu munosabati bilan Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar kimlar ekanligini bilishga harakat qildik.

Tecno

>>O‘zbekiston – Qatar uchrashuviga oid faktlar va statistikalar

>>Futbol tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 18 futbolchi

>>Podolskini eslab… Germaniya termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

 

5. Karlos Ermosilo – 35 ta gol

1984-1997 yillarda terma jamoada to‘p surgan Ermosilo bu vaqt davomida bosh jamoa safida 90 ta bellashuvda maydonga chiqib, raqiblar darvozasini 35 marta ishg‘ol etishning uddasidan chiqadi.

>> O‘z an’anasiga sodiq murabbiy

4-5. Luis Ernandes – 35

Luis Ernandes esa 1995-2002 yillarda terma jamoadan chaqiruv olar edi. Xususan, Luis mamlakat bosh jamoasi safida Konfederatsiyalar kubogi xamda KONKAKAF “Oltin kubogi”ni qo‘lga kiritadi. Ushbu yutuqlarga esa o‘zining gollari bilan xissa qo‘shgan Ernandes terma jamoa to‘purarlari orasida 4-o‘rinda(o‘yinlar va gollar nisbatiga ko‘ra, muallif) qayd etilib kelinadi.

>> Terma jamoada eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi

3. Kuautemok Blanko – 39

Chicharitodan oldingi avlod to‘purari Blanko edi. “Atsteklar” safida 120 ta bahsda maydonga tushgan antiqa ism egasi raqiblar darvozasini 39 bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan. Blanko terma sagfida ikki bor qit’ada tengsiz bo‘lgan bo‘lsa, bir bor Konfederatsiyalar kubogida zafar muvaffaqiyat qozongan.

>> MLSda o‘ynagan jahon chempionlari

1-2. Xared Borxetti – 46

Oldingi rekord egasi 1997-2008 yillarda terma safida to‘p surib kelgan. Bu vaqt davomida 89 bellashuvda maydonga tushgan Borxetti raqiblar darvozasini 46 bor nishonga olgan. Darvoqe, 2003 yilgi “Oltin kubok” sohibi “Santos Laguna” klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar ham ekan.

>>“Real” Ronaldusiz nechta sovrin yutishi mumkin edi?

1-2. Xaver Ernandes(Chicharito) – 46

Ko‘pchiligimiz Chicharito deyishga odatlangan va “MYu”dagi faoliyati bilan tanish bo‘lgan Ernandes bugungi Meksikaning etakchi futbolchisidir. 2009 yildan buyon mamlakat bosh jamoasi libosida to‘p surib kelayotgan Ernandes raqiblar darvozasini 46 marta nishonga olishga ulgurdi. Eslatib o‘taman, uning yoshi endigina 28 da. Qolganini esa vaqt ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!