G‘ofur Rahimov va Serik Konakbaev AIBA prezidentligi lavozimiga nomzod etib ko‘rsatildi

  • 26 sentabr, 2018, 12:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va tashkilotning vitse-prezidenti Serik Konakbaev AIBA prezidentligi lavozimiga nomzod etib ko‘rsatildi.
 
2-3 noyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan saylovga nomzodlarni ko‘rsatish  23 sentyabr kuni o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AIBA prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi G‘ofur Rahimov va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va XOQ Rahimovga nomzodini bekor qilishni tavsiya qilgan.
 
HOQ mutassadilari agarda bu talab rad etilsa, yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan boks chiqarib yuborilishi mumkinligi haqida aytib o‘tgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!