G‘ofur Rahimov AIBA prezidentligi lavozimini tark etishga tayyor, agar...

  • 5 noyabr, 2018, 14:28
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti G‘ofur Rahimov ushbu sport turi Olimpiya o‘yinlari dasturidan olib tashlanish xavfi bo‘lsa, o‘z lavozimini tark etishga tayyor. Bu haqda Rahimov TASS nashriga ma’lum qilgan.

Tecno

Men o‘zimning chiqishlarimda bu haqda bir necha marta gapirdim. Agar bizning sportimizga qandaydir tahdid bo‘ladigan bo‘lsa, mansab men uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Hech kim, shu jumladan hech bir yuqori lavozim egasi boks rivojiga yo‘liga to‘g‘anoq bo‘la olmaydi. Bizning bokschilarimiz va sevimli sport turimiz — boks — barchasidan ustun turadi, — deydi Rahimov.

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan kongress saylovida Rahimov AIBA prezidenti etib tayinlangan. Ushbu lavozimga ikkinchi nomzod tashkilot vitse-prezidenti Serik Konakbaev edi.

Rahimov bungacha AIBA prezidentligi vazifasini vaqtinchalik bajarib kelayotgan edi.

Olimpiada-2020da bokschilar soni qisqartiriladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!