Godin faoliyatini "Inter"da davom ettiradigan bo‘ldi

  • 26 yanvar, 2019, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Diego Godin tez orada A Seriyaga ko‘chib o‘tadi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik futbolchi "Inter" bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Uning “neradzurrilar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani ham aytilmoqda. Ushbu kelishuvga ko‘ra Godin Milan klubi safida yiliga 4,5 mln evro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Godinning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Diego Godin joriy mavsum “matraschilar” safida jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!