Godin "Milan"ga o‘tishi mumkin

  • 23 noyabr, 2018, 14:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” Madrid himoyachisi Diego Godin mavsum yakunlangach “Milan”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Corriere dello Sera nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik futbolchi “matraschilar” bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti. U “Atletiko” bilan uzoq yillik shartnoma imzolamoqchi, ammo madridliklar unga faqatgina bir yillik kelishuv taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Godinning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u istagan jamoasiga erkin agent sifatida yo‘l olishi mumkin. Unga esa “Milan” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Rossonerilar” sport direktori Leonardo tez orada Godin bilan bu borada muzokaralarni boshlamoqchi.

Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, Godin o‘tgan yoz “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin edi. Biroq, o‘shanda “Atletiko” uni sotishni istamagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!