
Gilerme Ochoa Meksika terma jamoasi tarixiga kirdi
Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilerme Ochoa o‘z mamlakati jamoasi tarixiga kirdi. Bu haqda OptaJose xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 32 yoshli posbon Rossiyada o‘tayotgan JCh-2018 davomida jami 20ta seyvni amalga oshirgan. Bu esa Meksika terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan biroz avval Meksika 1/8 finalda Braziliyaga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib musobaqani tark etdi.
Fikrlar