Germaniya terma jamoasi mag‘lub bo‘ldi

BEPUL PROPAN

Germaniyaning Lyudvigsburg shahrida voleybol bo‘yicha millatlar ligasining to‘rtinchi hafta bahslari o‘tkazilmoqda.

Unda Germaniya o‘z parketida Yaponiyaga 2-3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Rossiya esa Argentinani 3-0 hisobida engdi.

Seulda o‘tkazilgan Janubiy Koreya va Avstraliya o‘yinida 1-3 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Xitoy va Italiya o‘yini 1-3 hisobida yakunlandi.

Bolgariya terma jamoami Varna shahrida Frantsiyaga 0:3 hisobida engildi. Kanadalik voleybolchilar Braziliya termasini 3-0 hisobida taslim qildi.

AQSh va Serbiya, Eron va Polsha o‘yini bir xil 3-0 hisobida yakunlandi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!