
Germaniya terma jamoasi Meksikaga qarshi bahsdan oldin yo‘qotishga uchradi
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Yonas Xektor bugun jamoasining Meksikaga qarshi JCh-2018dagi ilk bahsini o‘tkazib yuboradi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli futbolchi shamollab qolgan va shu bois ushbu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya – Meksika uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Fikrlar