
Germaniya kubogi. "RB Leyptsig" "Volfsburg"ni turnirdan chiqarib yubordi
Bundan biroz oldin "RB Leyptsig" hamda "Volfsburg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Leyptsig shahridagi "Red Bull-Arena — Tsentralshtadion"da kechgan uchrashuvda mezbonlar Mateusning 9-daqiqada kiritgan goli evaziga chorak finalga yo‘l olishdi.
Parallel ravishda kechgan "Xolshtayn" - "Augsburg" qarama-qarshiligida esa yuqori liga vakillari minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi.
Fikrlar