Germaniya Gran-prisida «Mersedes» jamoasi barchani engdi

CHERY AUTO

Germaniya Xokkenxaym shahrida joylashgan Xokkenxaymring trassasida Formula-1 bo‘yicha Gran-pri musobaqasi o‘tkazildi.

Tecno

Musobaqada «Mersedes» jamoasi a’zosi Lyuis Xemilton barcha raqiblaridan o‘zib ketti va Gran-pri g‘olibiga aylandi. Ushbu jamoaning yana bir vakili Valtteri Bottas esa 4,535 soniya ortda qolib, marraga ikkinchi bo‘lib keldi. «Ferrari» sharafini uzoq yillardan berib himoya qilayotgan Kimi Raykkonen esa poygani uchinchi bo‘lib yakunladi.

Quyida musobaqa natijalari bilan tanishasiz:

1. Lyuis Xemilton («Mersedes») – 67 aylana

2. Valtteri Bottas («Mersedes») +4,535

3. Kimi Raykkonen («Ferrari») +6,732

4. Maks Ferstappen («Red Bull») +7,654

5. Niko Xyulkenberg («Reno») +26,609
 
6. Romen Grojan («Xaas») +27,871
 
7. Serxio Peres («Fors-Hind») +30,556
 
8. Esteban Okon («Fors-Hind») +31,750
 
9. Markus Eriksson («Zauber») +32,362

10. Brendon Xartli («Toro Rosso») +34,197

11. Kevin Magnussen («Xaas») +34,919
 
12. Karlos Sayns-kichik («Reno») +43,069

13. Stoffel Vandorn («Maklaren») +46,617

14. Per Gasli («Toro Rosso») +1 aylana

15. Sharl Lekler («Zauber») +1 aylana

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!