Gattuzoning "Milan"dan iste’foga chiqarilish sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 27 dekabr, 2018, 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning qachon iste’foga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” murabbiylar shtabidagi o‘zgarish 29 dekabr kuni SPALga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yindan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Ushbu lavozimga ayni damda Franchesko Gvidolin, Arsen Venger va Roberto Donadonilarning nomzodlari bor.

Eslatib o‘tamiz, Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” 5ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti va musobaqa jadvalida 6-o‘ringa tushib ketdi. Bundan tashqari “rossonerilar” joriy mavsum Evropa ligasi pley-offiga ham chiqa olishmadi.

Ma’lumot uchun, Gattuzo “Milan”da 2017 yilning noyabridan buyon faoliyat olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!